

AZIZ FUQAROLAR, HURMATLI ISTEʼMOLCHILAR! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroridan:

2025-yilning 21-fevral kuni "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filialida kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada 24 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari ishtirok etdilar.

Bugun, 2025-yil 21-fevral kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi:

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining bir guruh vakillari uchun London shahrida tashkil etilgan xalqaro moliya kurslarida malaka oshirmoqdalar. 18-fevral kuni JP Morgan vakillari bilan Corparate markets Solutions Uzbekistan mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Andijon viloyati Shahrixon tumani hokimi — Fuqaro muhofazasi tuman boshligʻining 2025-yil 21-yanvardagi 1-FM-sonli buyrugʻiga asosan «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Saroy» podstansiyasida «Tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish» mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda 28-yanvarda elektr energetikasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tgan yig‘ilishda topshiriq berilgan edi.

2025-yilning 19-fevral kuni “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada 22 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi hisobchisi Z.Nagmanovalar ishtirok etishdi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Yagona aksiyadorining 15-son qarori, 2025-yil 14-fevral sanasi, Toshkent shahri

Ertaga, 2025-yil 21-fevral kuni soat 15:00da «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi:

2025-yilning 20-fevral kuni «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada 23 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi hisobchisi Z.Nagmanovalar ishtirok etishdi.

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilib, ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, podstansiyalarning estetik holati yaxshilanib, energetika obyekti atrofi, ochiq taqsimlash qurilmalari, boshqaruv-ma’muriy hamda dispetcherlik punkti va yordamchi binolarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston MET” AJning bir guruh vakillari uchun London shahrida tashkil etilgan xalqaro moliya kurslarida malaka oshirmoqdalar. Navbatdagi o‘quv amaliyotini Finasia Capital LTD kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Otabek Isakov olib bordi.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida ("Green University") “Bash va Jankeldi shamol elektr stansiyalari loyihalari doirasida qushlarning elektr uzatish tarmog’i bilan to‘qnashuvini oldini olish uchun qurilmalarni o‘rnatish tajribasi”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu daqiqalarda Belorussiya Respublikasi Minsk shahridan tashrif buyurgan «Energokompleks» kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida “Kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish va amaliyotda qo‘llash jarayonida innovatsion ishlanmalar” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

BO‘SH ISH O‘RINLARI: “Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filialining Moddiy texnika ta’minoti bo‘limi Markaziy ombor mudiri vazifasiga.

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialining Moddiy texnika ta’minoti bo‘limi Markaziy ombor mudiri vazifasiga;

2025-yil 17-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining bir guruh vakillari uchun London shahrida Finasia Capital LTD kompaniyasi tomonidan “Korporativ qarzni boshqarish va xalqaro obligatsiyalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. O‘quv amaliyotini Finasia Capital LTD kompaniyasi bosh direstori Isakov Odiljon olib bordi.