2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Eng kо'p beriladigan savollar
12. SAVOL: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari elektr energetika umumtizimi nima? Mintaqadagi sohaga oid ko‘rsatkichlarning qaysi yo‘nalishlarida Vatanimiz energetiklari ilg‘or?

JAVOB: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari elektr energetika umumtizimi (Markaziy Osiyo Birlashgan energotizimi — BET) — bu mintaqa davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston) o‘rtasida elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish, tarmoq barqarorligini ta’minlash va favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida sinxron (bir vaqtda) ishlaydigan yagona yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar majmuasidir.

  • 19.10.2026
  • 59
11. SAVOL: Elektr energetika umumtizimidagi blek-aut hodisasi qanday sodir bo‘ladi? Releli himoya va avtomatika tizimi nima?

JAVOB: Elektr energetika umumtizimidagi blek-aut (blackout) — bu butun bir mintaqa yoki mamlakat miqyosida elektr energiyasi ta’minotining to‘liq uzilishi (tizimli avariya) hisoblanadi. Ushbu hodisa soniyalar ichida zanjirvariy reaksiya ko‘rinishida rivojlanadi va uning oldini olishda releli himoya tizimi markaziy rolni o‘ynaydi.

  • 19.10.2026
  • 84
10. SAVOL: ELEKTR TA’MINOTIDAGI AVVALGI HOLATNI HOZIRGISI BILAN TAQQOSLASH MUMKINMI?

❗️ JAVOB: Hozir faqat tarmoqda nosozlik bo‘lgandagina elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo’ladi, ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilayotgan vaqtda xavfsiz mehnat sharoitini yaratish uchun. Energiya tanqisligi muammosiga esa tamomila barham berildi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining o‘rtacha 30 foizi qayta tiklanuvchi ("yashil energetika") energiya manbalaridan olinmoqda.

  • 06.09.2026
  • 116
9. SAVOL: Xonadonga quyosh paneli va suv isitish geliokollektorlari o‘rnatishda eng avval nimalarga e’tibor qaratish lozim?

❗️Javob: Eng avvalo moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlardan kelib chiqib oila loyihasining hisob-kitobi (rejasi) chamalab ko‘rilishi maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘rnatuvchi (servis ko‘rsatuvchi) tadbirkorlarni to‘g‘ri tanlash va ular yordamida takliflarni o‘rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

  • 15.08.2026
  • 108
8. SAVOL: Isitish yoki sovitish tizimidan foydalanayotib "birdan natijaga erishsh effekti" qanday salbiy oqibatga olib kelishi mumkin?

❗️Javob: Iste’mol madaniyatiga zid bo‘lgan bu holat elektr qurilmalarining zo‘riqib ishlashi, ortiqcha yuklama oqibatida elektr uskunalarida nosozlik paydo bo‘lishiga, buning oqibatida esa nosozlik tiklangunga qadar ta‘minotdan bebahra qolishga sabab bo‘lishi mumkin.

  • 11.08.2026
  • 101
7. SAVOL: Energiyani tejash uchun chiroqni o‘chirib qo‘yishimiz kerakmi?

❗️Javob: Yo‘q, aslo! Foydalanmay turgan payti o‘chirib qo‘yish kifoya...

  • 02.08.2026
  • 100
6. SAVOL: Elektr taʼminotiga zarur miqdorlarda cheklovlar kiritish zaruriyati qanday huquqiy hujjatlarga asoslanib amalga oshiriladi?

JAVOB: Elektr energetika tizimida maʼlum sabablarga ko‘ra elektr energiyasi taqchilligi bo‘lsa (nosozliklar sabab, ishlab chiqarish jarayoniga yoqilg‘i yetmasligi sabab yoki boshqa sabablar)

  • 02.12.2025
  • 604
5. SAVOL: Bo‘sh ish o‘rinlariga qanday qilib hujjat topshirsam bo‘ladi? «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga ishga kirish uchun qanday talablar mavjud?

JAVOB: Assalomu alaykum! Hurmatli fuqaro! Bizning tashkilotga ishga kirishingiz uchun, avvalo, Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi kadr_nes@uzbekistonmet.uz elektron pochtasiga rezyume-maʼlumotnomangizni yuborishingiz lozim.

  • 06.05.2025
  • 1454
4. SAVOL: Energetika vazirligi bilan qanday bog‘lansam bo‘ladi?

JAVOB: Hurmatli fuqaro, Energetika vazirligi bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

  • 06.04.2025
  • 1036
3. SAVOL: Tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi korxonasi bilan qanday bog‘lansam bo‘ladi?

JAVOB: Tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ. Veb-sayt: https://hududgaz.uz/

  • 05.03.2025
  • 3553
2. SAVOL: Men dispetcher bilan bog‘lanmoqchiman? Milliy dispetcherlik markazi bilan qanday bog‘lansam bo‘ladi?

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan.

  • 09.02.2025
  • 1040
1. SAVOL: Nega bizda chiroq yo‘q? Pulini to‘laganman? Hisobimni ko‘rib bera olasizmi?

MAʼLUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35-110-220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

  • 05.01.2025
  • 1029