E’lonlar
E'LON!!! QONUN HUJJATLARIDA BELGILANGAN TARTIBDA TO‘LOV IShLARI OLIB BORILMOQDA
  • 15.10.2021
  • 400

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4937-sonli qarori, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi bayonnomasining 5.2-bandiga asosan “O‘zbekiston Respublikasi hududida 500 kVli G‘uzor–Regar (L-507) elektr uzatish tarmog‘ini tiklash” investitsion loyihasi Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda.
  Loyiha Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Denov va Sariosiyo tumanlarining fermer xo‘jaliklari, yaylov yerlar va ayrim joylarda aholi turar-joylarining yaqinidan o‘tganligi hamda elektr uzatish tarmog‘i osti va himoya hududiga tushganligi bois Denov va Sariosiyo tumanlarida fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulklari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat joylari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1050-sonli qarorlari asosida buzilish ostiga tushgan.
  2021-yil mobaynida fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk ob'ektlari yuqoridagi tuman hokimliklari bilan kelishilgan holda elektr uzatish tarmog‘i osti va himoya hududiga tushganligi va belgilangan tartibda buzilishi to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berilganligi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Bugungi kunga kelib, yuqoridagi tumanlarda loyiha doirasida elektr uzatish tarmog‘i osti va himoya hududiga tushgan fuqarolarning barchasida ko‘chmas mulklarni baholash ishlari tugatilib, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan baholash ishlari ekspertizadan o‘tkazildi.

  Aziz fuqarolar!
  Hozirgi kunda tartib bo‘yicha siz va sizning tumaningizdagi fuqarolarning ko‘chmas mulk ob'ektlariga oid O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lov ishlari olib borilayotganiligini ma'lum qilamiz.

Agarda qo‘shimcha ma'lumotlar, taklif yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin (71) 236-6838, mutaxassis A.Botirov.     

✍️ Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi, "Osiyo taraqqiyot banki loyihalari" loyihalarni amalga oshirish guruhi

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>