Korrupsiyaga qarshi kurashish
uzbekistonmet.uz: Aksiyadorlik jamiyatida ISO-37001:2016 xalqaro sertifikatini olish bo'yicha amaliyotlar bosqichi muhokama etildi
  • 24.03.2021
  • 349

  Yodingizda bo'lsa, 2021-yilning fevral oyida "O'zbekiston MET" AJ ISO 9001 xalqaro standartining sifat sertifikatini olishga muvaffaq bo'lgan edi.

  Bugun, 2021-yil 24-mart kuni aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida "Cert International" xalqaro kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ISO-37001:2016 xalqaro sertifikatini olish bo'yicha amaliyotlar bosqichlari muhokama etildi.

  Umuman olganda, Jamiyatda ushbu standartni joriy etishga tayyorgarlik ishlari bundan avvalroq boshlab yuborilgandi. Aynan shu maqsadda aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining buyrug'i ham qabul qilingan.

  Bugungi uchrashuvda "Cert International" kompaniyasi vakili Ildar Javdatovich Ineleyevdan korxona mutasaddi xodimlari ISO-37001:2016 xalqaro sertifikatining ahamiyati haqida umumiy ma'lumotlarni olishdi. Jamiyat faoliyatining ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga rioya etishi, shuningdek, xalqaro standartni joriy etishda jamoada hamjihatlik talab etilishi alohida e'tirof etildi.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>