Tashqi qarz
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2022-yilda davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumotnoma
  • 02.06.2022
  • 256

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-sonli qaroriga asosan 2022-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘lari ishtirokida umumiy loyiha qiymati 1 128,34 mln. doll. bo‘lgan 8 ta yirik investitsiya loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yuqorida keltirilgan qarorga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2022 yil yanvar-may oylari davomida davlat tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan 5,7 mln. AQSh dollari hisobida o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 5,7 mln. doll. (100,0 % ga bajarildi) mablag‘ o‘zlashtirildi.

✍️ Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>