Xotin-qizlar
“O‘zbekiston MET” AJda Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi
  • 29.06.2022
  • 369

“O‘zbekiston MET” AJ xotin-qizlar kengashi raisi Feruza Xadjimuratova hamda tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar uchun  2022-yil 28-iyun kuni oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Hamda joriy yilning 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan "Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanida ko‘rib chiqilgan masalalar mohiyati yetkazildi.

 

«Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>