Tashqi qarz
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2022-yilda davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA'LUMOTNOMA
  • 02.09.2022
  • 368

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-sonli qaroriga asosan 2022-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘lari ishtirokida umumiy loyiha qiymati 1 128,8 mln dollar bo‘lgan 8 ta yirik investitsiya loyiha amalga oshirilmoqda.

Yuqorida keltirilgan qarorga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2022-yil yanvar-avgust oylari davomida davlat tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan 21,5 mln dollar o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 24,5 mln dollar (reja 113,7 % ga bajarildi) mablag‘ o‘zlashtirildi.

✍️ Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>