E’lonlar
ENERGETIKA SOHASI KORXONALARI O‘RTASIDAGI YANGI TARIFLAR TASDIQLANDI
  • 07.12.2022
  • 524

E'LON: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Issiqlik elektr markazlari” AJ korxonalariga, shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” aksiyadorlik jamiyatlari diqqatiga!

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2022-yil 16-noyabrdagi 12-son bayoni bilan 2022-yil 1-dekabrdan 31-dekabrgacha hamda 2023-yil 1-yanvardan elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, ya'ni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Issiqlik elektr markazlari” AJ tashkilotlari uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari”AJlari uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qilish bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlanganligini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun elektr energiyasini transportirovka qilish (uzatish) xizmati tarifi 2022-yil 1- dekabrdan 31-dekabrgacha – 45,30 so‘m, 2023-yil 1-yanvardan – 44,30 so‘m miqdorida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tariflar elektr energetika sohasi korxonalari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun belgilangan bo‘lib, elektr energiyasining yakuniy iste’molchilariga (abonentlarga) tatbiq etilmaydi va elektr energiyasining iste’mol tarifiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Elektr energiyasini xarid qilish va sotish bosh boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>