E’lonlar
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan yer ajratish va aholini ko‘chirish rejasi ishlab chiqildi
  • 31.03.2023
  • 259

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-dekabrdagi 459-sonli qaroriga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsion loyihasi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mablag‘lari hisobigan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

❗️ Osiyo taraqqiyot bankining  talabiga asosan yer ajratish va aholini ko‘chirish hisoboti ishlab chiqilib, o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Loyiha to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida elektr uzatish tarmoqlarini takomillashtirish loyihasini moliyalashtirish maqsadida o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolangan bo‘lib, ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining 7 ta viloyatida (Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand va Navoiy) umumiy uzunligi qariyb 358 km bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 4 ta 220 kV kuchlanishli “Fayzobod”, “Zafar”, “Obi-hayot” va “Zarafshon” podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi.

✍️ Azizbek Botirov, “O‘zbekiston MET” AJ Ekologiya, ijtimoiy va yer munosabatlari masalalari bo‘limi boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>