Tashqi qarz
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2023-yilda davlat tashqi qarzi ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalar doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA'LUMOTNOMA
  • 05.05.2023
  • 216

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli qaroriga asosan 2023-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘lari ishtirokida umumiy loyiha qiymati 1 232,2 mln. dollar bo‘lgan 10 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Yuqorida keltirilgan qarorga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2023-yil yanvar-aprel oylari davomida davlat tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan 4,73 mln dollar o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 5,18 mln. dollar (rejaga nisbatan 109,53 foiz) mablag‘ o‘zlashtirildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>