MHXS
Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” MCHJ xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi
  • 03.07.2023
  • 397

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limining 2022-yil uchun MHXS talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarini Xalqaro auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha maʼlumot.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4611-sonli Qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Isakulov Dadajon Aynaqulovich olib borayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida jahondagi yirik to‘rtta auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblangan “Ernst & Young” MCHJ kompaniyasi tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2021-yillardagi hisoboti uchun ijobiy auditorlik xulosalari berilgan edi.

2022-yil yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda to‘liq joriy qilish hamda uni auditdan o‘tkazish bo‘yicha energetika tarmog‘idagi korxonalar miqyosida birinchilardan bo‘lib ijobiy auditorlik xulosasini oldi va yana bir yutuqqa erishdi.

“Ernst & Young” MCHJ auditorlik kompaniyasi mutaxassislari tomonidan MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni auditdan o‘tkazish yo‘nalishidagi ishlar 2022 yilning aprel oyidan boshlab joriy yilning iyun oyi yakuniga qadar bo‘lgan davrni qamrab oldi.

Shuni taʼkidlash joizki, MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar bo‘yicha ketma-ket to‘rt yil davomida qo‘lga kiritilgan ijobiy auditorlik xulosasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan keyingi yutuqlarga erishish, shu jumladan xalqaro kredit reytingi qo‘lga kiritilishi uchun muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.

✍️ Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi

Eʼtiboringizga Axborot xizmati tomonidan eʼlon qilingan mavzuga taalluqli maʼlumotnomalar havolasini taqdim etamiz:

 

02.07.2022 — “O‘zbekiston MET” AJ 2021-yil uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha Ernst & Young‘dan ijobiy xulosa oldi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2510

21.02.2022 — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida eʼlon qilingan hisobotlar yakunlanganini maʼlum qiladi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2000

08.02.2022 — 2021-yil sarhisobi. 13-sonli: «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi: Xalqaro auditorlik tashkilotidan “ijobiy auditorlik xulosasi” olindi»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1953

24.01.2022 — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020-yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1858

30.12.2021 — Energetika vazirligi: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi

https://minenergy.uz/oz/news/view/1691

31.12.2021 — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi

https://kun.uz/81493260

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>