Korrupsiyaga qarshi kurashish
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Mintaqaviy platforma ishga tushirildi
  • 03.11.2023
  • 61

#aksilkorrupsiya_forumi

Forum o‘z ishini yalpi majlis bilan boshladi. Unda xalqaro va xorijiy amaliyot, ilg‘or tajribalar misolida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning mohiyati va ahamiyati, shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga bag‘ishlangan taqdimotlar qilindi.

Forum doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Mintaqaviy platformaning ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur platforma Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan BMT Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qoidalarini yanada samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, bu borada mintaqa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Manba: https://t.me/antikor_uzb/2481

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>