Tashqi qarz
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2023-yilda davlat tashqi qarzi ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalar doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA'LUMOTNOMA
  • 09.01.2024
  • 95

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli qaroriga asosan 2023-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘lari ishtirokida umumiy loyiha qiymati 908,39 mln dollar bo‘lgan 10 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi.

Yuqorida keltirilgan qarorga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2023-yil yanvar-dekabr oylari davomida davlat tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan 92,36 mln dollar o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 93,65 mln dollar (rejaga nisbatan 101,40 foiz) mablag‘ o‘zlashtirildi.

✍️ Investitsiya bosh boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>