Korrupsiyaga qarshi kurashish
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi 2024-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti
  • 15.04.2024
  • 24

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Yuqoridagi qarorga asosan, yangi tashkil etilgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyasini respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.

Bugungi kunda «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, Markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, qurilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar mavjud. Jamiyatga qarashli 84 ta podstantsiya va 11 650 km dan ortiq 220–500 kVli magistral havo elektr uzatish liniyalari mavjud. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy apparati va tarkibidagi tuzilma hamda filiallarda jami bo‘lib, 4300 nafardan ziyod mutaxassis-xodimlar mehnat faoliyati olib bormoqda.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning uzbekistonmet.uz rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda «Korrupsiyaga qarshi kurashish — O‘zbekiston MET» AJ nomli rukn va sahifalar ochilgan.

 Unda jamiyatimiz tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, ma’lumotlar berib boriladi.

 So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

 Mamlakatda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va «yashirin iqtisodiyot»ni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda, «Korrupsiyasiz soha» loyihalarining joriy etilishi yuzasidan muhim vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda.

 Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining samaradorligini ta’minlash maqsadida xorij amaliyoti uyg‘unligida korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmlarni joriy etish — davr talabi hisoblanadi.

2021-yilning 22-iyulda Aksiyadorlik jamiyati energotizimda birinchilardan bo‘lib ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro sertifikatini olishga muvaffaq bo‘ldi.

 Xalqaro standart talablariga ko‘ra, …

 

Batafsil:

 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida hisobot davrida (2024-yil I choragi davomida) ishga qabul qilingan (rotatsiya qilingan) rahbar kadrlar to`g`risidagi

MA'LUMOT

 

 «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi  2024-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha

HISOBOTI

 

✍️️ Nigora Abdullayeva, «O‘zbekiston milliiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati boshlig‘i

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>