Murojaat egasi: Mo‘minov Eldor Ilhomovich, «Next construction» masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili.
Elektron pochta: nextgroup.sam@gmail.com
Murojaat mazmuni: «Next construction» masʼuliyati cheklangan jamiyati, Sizga ushbu orkali shuni maʼlum kiladiki, Jamiyatimizning 344483-sonli elektr energiyasi tashkiloti bilan tuzilgan shartnomasi mavjud. MCHJning 2024-yil 5-noyabrdagi 5/11-sonli xatiga asosan 2024-yil 21-noyabrda “HET” AJ “Energosavdo” filiali Samarqand bo‘linmasi xodimlari tomonidan dalolatnoma tuzilib, unga ko‘ra masʼuliyati cheklangan jamiyatimizga tegishli SE308 №012410149507133-sonli elektr hisoblagich yechib olinib, o‘rniga yangi — zamonaviy ASKU7 va KAS tizimlariga mos keluvchi TE73 SG-1-0 №115210175620-sonli elektr hisoblagichga almashtirilib o‘rnatildi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatimiz tomonidan o‘rnatilgan TE73 SG-1-0 №115210175620-sonli elektr hisoblagichda ishlatilgan va hisoblangan elektr energiyasi bo‘yicha hisobot topshirganmizda, yaʼni 2024-yil 21-noyabrdan 2024-yil 25-dekabrga qadar jami 12900 kVt ishlatilganligi maʼlum bo‘ldi. Vaholanki, masʼuliyati cheklangan jamiyatimiz 2024-yil dekabr oyida o‘z faoliyatini to‘liq yuritmagan, bu esa bizda elektr hisoblagich hisoblagan aktiv/reaktiv maʼlumotlari to‘g‘ri hisoblaganligiga shubha uyg‘otdi. Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida, Chelak ESP bo‘limiga borib, ushbu hisoblagich bo‘yicha hisoblangan kunlik aktiv va reaktiv maʼlumotlarini olish uchun og‘zaki murojaat qilganmizda, faqatgina aktiv maʼlumotlarini olishimizni va reaktiv maʼlumotlarini ololmasligimizni aytishdi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan masʼuliyati cheklangan jamiyatimizga o‘rnatilgan TE73 SG-1-0 №115210175620-sonli elektr hisoblagichda 2024-yil 21-noyabrdan 2024-yil 25-dekabrga qadar ishlatilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisoblangan aktiv va reaktiv maʼlumotlar mosligini tekshirib ko‘rishimiz maqsadida, ushbu davrlar bo‘yicha elektr hisoblagichdagi hisoblangan kunlik aktiv va reaktiv maʼlumotlarini olishimizda amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘raymiz.
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Eldor Ilhomovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MAʼLUMOT O‘RNIDA:MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanib, yuridik isteʼmolchilar bilan hisoblagichlar bo‘yicha hisobdorlik yuritmaydi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/34363
“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
• het.uz – rasmiy veb-sayti
• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
• Call centre: 1154
• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
Quyi tashkilotlar https://het.uz/oz/lists/view/7
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati