2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Hozirda yog‘och stolba 45 gradusga og‘ib qolgan va shamol bo‘lgan vaqtda ag‘darilib ketishi 90% aniq, mahalladagi barcha uylarda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin...»
  • 24.03.2025
  • 60

Murojaat egasi: Qodirov Azizboy Sobirjonovich, Qo‘shtepa tumani.

Elektron pochta: azizbek1571@gmail.com

Murojaat mazmuni: Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani elektr tarmoqlariga murojaatim shundan iboratki, Qo‘shtepa tumani Kattaboltako‘l qishlog‘i, Yoshlik ko‘chasi 234-uy yonidagi mahallada yog‘och stolbalarni beton stolbaga almashtirish bo‘yicha 2 yildan buyon murojaat yo‘llab kelaman. Lekin natija yo‘q. Doim kelib quruq vaʼda bilan tuman elektr tarmoqlari xodimlari aldab ketishmoqda. Hozirda yog‘och stolba 45 gradusga og‘ib qolgan va shamol bo‘lgan vaqtda ag‘darilib ketishi 90% aniq, mahalladagi barcha uylarda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ushbu masalani ijobiy hal qilishda amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Azizboy Sobirjonovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanib, yuridik isteʼmolchilar bilan hisoblagichlar bo‘yicha hisobdorlik yuritmaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/34827  

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Quyi tashkilotlar https://het.uz/oz/lists/view/7

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati