Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimi B.A. “S” fermer xo‘jaligi rahbari O‘.T. bilan oldindan til biriktirib, fermer xo‘jaligining omborxonasidagi 2 dona qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarish uskunasini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulashi oqibatida 1 mlrd. 050 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli tadbirkorlar!
Energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi.
Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo bo‘ling!
Manba: https://t.me/uzbprokuratura/61292
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati