Avval xabar berganimizdek, magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, ko‘rik tadbirida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining viloyat hududidan o‘tuvchi 220 va 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida o‘tkazgan kunduzgi va kechki nazorat ko‘rigi hamda joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Shuningdek, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash uchun ayrim liniyalarni mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha tayanch ustunlari o‘rnatilmoqda.
Mutaxassislar metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash, shikastlangan tarmoq elementlari almashtirish, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirish kabi amaliyotlar bilan band.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati