2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Jizzax viloyati Forish tumani “Egizbuloq” MFY hududida 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” raqamli podstansiyasi to‘g‘risida umumiy ma’lumot
  • 12.04.2025
  • 45

Loyihani amalga oshirishga huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi loyihalarining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturi ishlab chiqilgan edi va dasturga muvofiq 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” raqamli podstansiyasi hamda 2x220 kV kuchlanishli  — Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidan "Zafarobod” podstansiyasigacha elektr uzatish tarmog‘i qurilishi loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsadga erishildi: Jizzax viloyatida qurilishi rejalashtirilayotgan yirik korxonalarni hamda aholini ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlash, shu bilan birga, magistral elektr uzatish tarmoqlarini yana-da rivojlantirish.

Loyihaning umumiy qiymati: 59,4 mln.doll. U  Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan moliyalashtirildi.

Barchamizga maʼlumki, energetika sohasiga, jumladan elektr energetika tarmog‘iga yangi texnologiyalar, innovatsion ishlanmalar, qolaversa, xalqaro tajriba kirib kelmoqda.  Mamlakatimizdagi birinchi raqamli “Zafarobod” podstansiyasi Jizzax viloyatida qurilib, foydalanishga topshirilgan.

⚡️ Loyiha doirasida har birining quvvati 250 MVA bo‘lgan 2 ta (umumiy quvvati 500 megavolt•amper) avtotransformator o‘rnatilib, ayni paytda texnik-muhandislik sinovdan o‘tkazilgan zamonaviy elektr qurilmalari barqaror faoliyat yuritmoqda.

⚡️ O‘zbekistondagi birinchi raqamli — 220 kV kuchlanishli «Zafarobod» podstansiyasi — uzbekistonmet.uz

⇒  Qo‘shimcha ma’lumotlar:

▶️  22.10.2019  — OSIYO TARAQQIYOTI BANKI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI  /  Batafsil

▶️  07.04.2020  — «O‘ZBEKISTON MET» AJ OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA TANLOV E'LON QILADI  /  Batafsil

▶️  09.04.2021 — Jizzax viloyatida yangi, zamonaviy va raqamli boshqaruv tizimiga ega 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” podstansiyasi quriladi  /  Batafsil

▶️ 13.04.2021  — «O‘zbekiston MET» AJ OTB ishtirokida qurilayotgan yangi 220 kVli raqamli “Zafarobod” nimstansiyasini qurish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi  /  Batafsil

▶️  28.10.2021  — Energetika vazirligi: O‘zbekistonda birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiya quriladi  /  Batafsil

▶️ 28.08.2024 —  Dadajon ISAQULOV:“O‘zbekiston “Yashil” energetika sohasida Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchi”  /  Batafsil

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati