Bugun soat 15:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 2 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.
Aytish joizki, bugungi kunda mamlakatimizning 10 ta viloyatida umumiy quvvati 4067 megavatt boʻlgan 11 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 3 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.
Maʼlumki, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanila boshlangan 2022-yili Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.
Oʻtgan yili respublikamizning 7 ta viloyatida joylashgan 9 ta quyosh va bitta shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kVt·soatni tashkil qildi.
Bugun soat 15:30 da mamlakatimizdagi barcha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori, yuqorida taʼkidlaganimizdek, joriy yil boshidan 2 mlrd kVt⋅soatga yetdi.
Aytish joizki, shu paytgacha quyosh elektr stansiyalari tomonidan 1 mlrd 169,9 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyasi tomonidan esa 830,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Qayd etish lozimki, 2025-yilning boshidan bugungi kungacha shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 2024-yili shamol elektr stansiyalari tomonidan yil davomida ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi miqdoridan (799 mln kVt·soat soat) koʻpdir.
Buning natijasida:
➖ 600 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
➖ atmosferaga 1 mln 176 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid va 1 ming 176 tonna azot oksidlari chiqishining oldi olindi.
Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 12-aprel soat 15:30 ga qadar Oʻzbekistondagi barcha gidro elektr stansiyalari va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 3 mlrd 707 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Buning natijasida:
➖ 1 mlrd 112,1 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
➖ atmosferaga 2 mln 179 ming 716 tonna karbonat angidrid va 2 ming 179,7 tonna azot oksidlari chiqishining oldi olindi.
Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 4 million 633 ming 750 ta xonadonning 4 oylik yoki 1 million 544,6 mingta xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/15779?single
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati