2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
OAV va jamoatchilik bilan ishlash
norma.uz — «Yashil energiya» sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi o‘zgartirildi
  • 18.04.2025
  • 28

Vazirlar Mahkamasining 14.04.2025-yildagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda «yashil moliyalashtirish» mexanizmlarining takomillashtirilishi munosabati bilan «Yashil energiya» sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi 225-son qarori qabul qilindi.

 

Qo‘shimchalarga muvofiq, generatsiya obyektini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha milliy valyutada quyidagi miqdorlarda bir martalik yig‘im undiriladi:

• quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan generatsiya obyektlari uchun – 100 yevro;

• quvvati 1 MVtdan 5 MVtgacha bo‘lgan generatsiya obyektlari uchun – 500 yevro;

• quvvati 5 MVtdan 10 MVtgacha bo‘lgan generatsiya obyektlari uchun – 1000 yevro;

• quvvati 10 MVtdan 50 MVtgacha bo‘lgan generatsiya obyektlari uchun – 1 500 yevro;

• quvvati 50 MVtdan yuqori bo‘lgan generatsiya obyektlari uchun – 2 000 yevro.

 

Sertifikatlarni chiqarish uchun ariza beriladi va quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:

  • • yagona elektr energetikasi tarmog‘iga uzatilgan elektr uchun:

    • ¤ CCD04 shakldagi to‘ldirilgan va imzolangan so‘rovnoma (generatsiya obyekti yoki obyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori, ishtirokchi nomi);

    • ¤ korxonaning umumiy faoliyati to‘g‘risida maʼlumotlar;

    • ¤ elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);

    • ¤ generatsiya obyektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ (“O‘zenergosotish” AJ yoki "Xududiy elektr tarmoqlari" AJ) tomonidan tasdiqlangan hujjat;

    • ¤ sertifikat chiqarish uchun mo‘ljallangan registrantning ishtirokchi akkaunti maʼlumotlari;

  • • to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘nggi foydalanuvchiga uzatilgan elektr uchun:

    • ¤ CCD04 shakldagi to‘ldirilgan va imzolangan so‘rovnoma;

    • ¤ korxonaning umumiy faoliyati to‘g‘risida maʼlumotlar;

    • ¤ elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);

    • ¤ elektr energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilgan so‘nggi foydalanuvchi va generatsiya obyekti egasi tomonidan tuzilgan muayyan davrda uzatilgan elektr hajmini tasdiqlovchi dalolatnoma;

    • ¤ sertifikat chiqarish uchun mo‘ljallangan registrantning ishtirokchi akkaunti maʼlumotlari;

    • ¤ generatsiya obyektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati bo‘yicha elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimidan olingan va elektr energiyasini sotib oluvchi tomonidan tasdiqlangan hujjat.

 

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 16.07.2025-yildan kuchga kiradi.

Sobir Nurberdiyev

Manba: https://www.norma.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati