2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Bosh prokuratura: Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi
  • 22.04.2025
  • 81

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov rahbarligida yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda, Respublika, hududiy va tuman (shahar) shtab aʼzolari hamda boshqa masʼullar ishtirok etib, Davlat rahbarining 01.04.2025-yildagi PQ-133-son qarori talablaridan kelib chiqib, joriy yilda energiya resurslarni iqtisod qilish va yo‘qotishlarni qisqartirish, resurslarni talon-toroj qilishni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

 

 

Shu bilan birga, joriy yil 10-aprel kungi PF-65-son Prezident Farmoniga ko‘ra respublika va hududiy shtablar tarkibi kengaytirilganligi, Respublika shtabi tomonidan shtab aʼzolarining aniq vazifalari ishlab chiqilib, ijrosi bo‘yicha hisobdorligi belgilanganligi taʼkidlandi.

 

 

Masʼullarga energiya resurslarini iqtisod qilishning barcha zaruriy choralarini ko‘rish, quyosh paneli va boshqa energotejamkor uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni yana-da jadallashtirish, tarmoqdagi yo‘qotishlarni qisqartirish hamda yirik talon-torojliklarni fosh etish haqida ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Yig‘ilish yakunida masʼul vazirlik va idora vakillarining hamda hududlardagi shtab aʼzolarining tushuntirish va izohlari eshitildi.

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/62588

FacebookInstagramYouTube ‖

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati