2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Sizlardan iltimos qilaman, hisoblagichga hisob raqami kerak! Hammasi bir-biriga tashayapti, unga bor, bunga deb...»
  • 22.04.2025
  • 32

Murojaat egasi: Bahriyev Shahboz Zaynitdinovich, Samarqand viloyati.

Elektron pochta: mr.bakhriev@yandex.ru

Murojaat mazmuni: Assalom aleykum! Sizlardan iltimos qilaman, yordamingiz kerak!
Hisoblagich (schetchik raqami 023198006355), shu raqam bo‘yicha hisob raqami (litsevoy schyot) kerak bo‘layapti. Bironta ESP aytolmayapti kimga tegishli “svet”, hammasi bir-biriga tashayapti, unga bor, bunga deb.

Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Dashtakibala SSG, Rustam MSG, Javlon ko‘chasi, 789-uy. Shu adresda joylashgan hisoblagich (schyotchik).

Hisoblagichni o‘rnatishganida (schyotchikni ustanovka qilganida) hammasi ishlagan, lekin bir necha yildan beri yashamagan hech kim (yashamagan edi), negaki turar-joy qurilishi hali bitmagan edi.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Shahboz Zaynitdinovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/34827  

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Quyi tashkilotlar https://het.uz/oz/lists/view/7

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati