2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 24.04.2025
  • 51

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalarda o‘tkazgan nazorat ko‘rigi hamda joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.

Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.  Jumladan, mutaxassislar metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash va shikastlangan tarmoq elementlarini almashtirmoqdalar.

⚡️ Bundan tashqari, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Shu bilan birga, Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Andijon viloyatidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.

⇒ Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati