O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentyabrdagi PQ-3284-sonli "Jahon Banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini taʼminlash, isteʼmolchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish hamda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan Andijon tumani, “Ayrilish” MFY, Hovuzbo‘yi ko‘chasida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Yulduz” podstansiyasida AT-2 200 MVA quvvatli avtotransformator o‘rniga 250 MVA quvvatli avtotransformatorni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
✍️ Baxtiyorjon Obidov "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati