2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
220 kV kuchlanishli «Qoraqalpog’iston» va «Beruniy» podstansiyalarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 06.05.2025
  • 77

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi yuqori kuchlanishli podstansiya navbatchi mutaxassislarining joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.

Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan podstansiyalarda mavjud transformatorlarining yog‘ sathi me’yori, sovitish tizimi sozligi va boshqa me’yoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olishgan.

Eski uskuna va jihozlar yangilariga almashtirilmoqda. Korroziyaga uchragan metall konstruksiyali qurilmalarga bo‘yoq tortilmoqda. Transformator qurulmalari ostidagi shag’al qatlamlari yangilanmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati