2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
Ajoyib imkoniyat: O`zbekistondagi maktab o`quvchilari uchun Shimoliy qutbga sayohat
  • 05.05.2025
  • 3

«Bilim muzyorar kemasi»nomli xalqaro ilmiy-ma`rifiy loyihaga tanlov boshlandi. Loyiha ishtirokchilari haqiqiy atom muzyorar kemasida Shimoliy qutbga artktik ekspeditsiyaga yo`l olishadi! Ularni ajoyib ta`lim dasturi kutmoqda: ma`ruzalar, master-klass, viktorinalar va boshqalar.

✅ Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Dunyoning 20ta mamlakati, jumladan O`zbekistondan 14-16 yoshli maktab o`quvchilari taklif qilinadi.

✅ O`quvchilarni saralash qanday amalga oshiriladi?

Tanlov 3 bosqichda o`tkaziladi va 20-iyunga qadar yakunlanadi.
Batafsil ma`lumot loyiha saytida mavjud.

«Bilim muzyorar kemasi» loyihasi haqida

➖ Ilmiy-ma`rifiy loyiha bo`lgan «Bilim muzyorar kemasi» Atom energetikasi bo`yicha axborot markazlari tarmog`i (AEAM) tomonidan «Rosatom» ko`magida tashkil etilgan.

➖ So`nggi 5 yil ichida Shimoliy qutbga Arktik ekspeditsiyalarida 350dan ortiq iqtidorli maktab o`quvchilari ishtirok etgan.

➖ 2025-yildagi VI xalqaro ilmiy-ma`rifiy ekspeditsiya Rossiya atom sanoatining 80 yilligi va Shimoliy dengiz yo`lining o`zlashtirilishi boshlanishining 500 yilligiga bag`ishlanadi.

Saytga tashrif buyuring, barcha tafsilotlar bilan tanishing, do`stlaringiz va tanishlaringizga yuboring. Bu o`smirlar uchun ajoyib imkoniyat!

Manba: https://t.me/clearenergy/2765

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

  t.me/uzmetaxborotxizmati