Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jon Zaidi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Unda respublikamizdagi Ustyurt tekisligida qurilishi boshlanishi arafasida turgan shamol elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish, bu borada kompaniya ishlarini olib borishni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Axborot xizmati
Manba: https://t.me/joqargikenes/25842
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati