«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi joriy yilning 17–18-may kunlari Samarqand shahridagi tarixiy obida va qadamjolarga sayohat uyushtirishdi.
⚡️ Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi 30 nafar buxorolik energetiklar va oila aʼzolarining sayohat-ziyorat tadbiri Filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat