2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
2024-yili dunyo boʻyicha elektr energiyasi isteʼmoli 3,9 foizga oshdi, bu esa mutlaq ifodada 1 trillion 168 milliard kilovatt-soatni tashkil etdi
  • 23.05.2025
  • 26

Ember tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich XXI asr boshidan buyon kuzatilgan uchinchi eng yuqori oʻsish darajasi hisoblanadi. Bundan yuqori koʻrsatkich faqat 2010-yilda (1 trillion 320 milliard kVt⋅soat) va 2021-yilda (1 trillion 528 milliard kVt⋅soat) qayd etilgan. Biroq har ikki holda ham oʻsish global iqtisodiy tanazzul (2009-yil) yoki COVID-19 pandemiyasi ortidan kuzatilgan tiklanish jarayoniga bogʻliq boʻlgan.

Taqqoslash uchun: 2024-yilda AQSHda elektr energiyasi isteʼmoli 4 trillion 400 milliard kilovatt-soatdan ozgina koʻproqni tashkil etdi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/16418

‖  FacebookInstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati