O‘zbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portali yangi versiya
❗️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi:
⇒ 2025-yil 1-iyun holatiga jami 31 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:
1. Ichki audit xizmati boshlig‘i – 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega; auditor - 2 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
2. Yuridik boshqarma yetakchi yuriskonsulti - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega
3. Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega, bosh mutaxassisi - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
4. Axborot va kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i – 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega, yetakchi mutaxassisi – 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
5. Ishlarni yuritish va xo‘jalik boshqarmasi ofis menedjeri - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
6. Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i – 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
7. Sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahalliylashtirish bo‘limi bosh mutaxassis – 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
8. Kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
9. Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasi yetakchi iqtisodchi - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
10. “Jahon banki” loyihalarini amalga oshirish guruxi loyiha menedjeri - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
11. “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki” loyihasini amalga oshirish guruhi rahbari - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega, moliyachi - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
12. “Osiyo taraqqiyot banki” loyihalarni amalga oshirish guruxi texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassis - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega; bosh mutaxassis - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega; xaridlar bo‘yicha 1-toifali mutaxassisi - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
13. Elektr tarmoqlarini ekspluatasiya, ulanish va qabul qilish boshqarmasi elektr tarmoqlariga ulanish sho‘basi bosh mutaxassisi - 4 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
14. Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi elektr stansiyalarini tizimga ulash sho‘basi bosh mutaxassisi – 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
15. Sityatsion tahlil boshqarmasi bosh mutaxassisi - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega; yetakchi mutaxassis - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega; texnigi - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega;
16. Rele himoyasi va avtomatika xizmati tezkor hisoblar sho‘ba boshlig‘i – 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega, releli himoya va avariyaga qarshi avtonatikasidan foydalanish sho‘basi 1-toifali muhandisi - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega, izolyatsiya, o‘ta kuchlanishdan himoya, metrologiya, teplovizor va RHAX laboratoriya 1-toifali muhandisi - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega; 2 - toifali muhandisi - 1 nafar - oliy malumotli va ish tajribasiga ega.
✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining choraklik va har oyda yangilanib boradigan maֹʼlumotlarini O‘zbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portali orqali kuzatib boring!
‼️ Eslatma: o‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi maʼlumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.
YARATILGAN SHAROITLAR:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;
• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;
• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi:
Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat nomzodlar uchun oliy taʼlim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan maʼlumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi maʼlumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga maʼqul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Veb-sayt: uzbekistonmet.uz/
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati