2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
O‘zbekistonning energetika infratuzilmasini mustahkamlash va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan asosiy investitsiyaviy loyihalar muhokamasi
  • 13.06.2025
  • 30

Bugun, 2025-yil 13-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati Standard Chartered Bank delegatsiyasi qabul qilindi. Xorijiy delegatsiyaga Buyuk Britaniya bo‘yicha bosh direktor va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha rahbar — janob Saif Malik rahbarlik qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning energetika infratuzilmasini mustahkamlash va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan asosiy investitsiyaviy loyihalar muhokama qilindi. Innovatsion moliyalashtirish yechimlari va strategik hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Standard Chartered Bank kabi global moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni yuqori baholaydi va birgalikda muhim loyihalarni amalga oshirishga umid bildiradi.

#Investitsiya #StandardCharteredBank  #O‘zbekiston #EnergetikaRivoji #BarqarorMoliyalashtirish #DavlatXususiyHamkorligi #Infratuzilma

Investitsiya boshqarmasi

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati