2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BOSH PROKURATURA: Xorazm viloyatida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar
  • 14.06.2025
  • 53

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar amalga oshirildi.

Xususan, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Bog‘ot, Hazorasp va Xonqa tuman shtablarining faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, masʼullarga energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etish, resurslarni iqtisod qilish hamda tarmoqlardagi yo‘qotishlarni qisqartirish borasidagi ishlarni yana-da kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, Hazorasp tumani “Yangi O‘zbekiston” massividagi ko‘p qavatli uylarda energotejamkorlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, Bog‘ot tumanidagi “Xorazm TEX” MCHJda o‘rnatilayotgan 300 kVt hamda Xonqa tumani “Do‘stlik” mahallasidagi “Mebelsozlik sanoat zonasi”ga o‘rnatilgan 245 kVtlik quyosh panellar ko‘zdan kechirilib, masʼullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Shuningdek, tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan yirik korxonalar, transformator punktlari, podstansiyalar, yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalari ko‘zdan kechirilib, masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Kunning ikkinchi yarmida viloyatda yoqilg‘i - energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabining sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda, ilmiy-texnikaviy o‘rganishlarga jalb etilgan ishchi guruh aʼzolari, viloyat va tuman (shahar) shtab aʼzolari, masʼul vazirlik va idora rahbarlari, Departament, Adliya, Milliy gvardiya, Bojxona, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda boshqa korxona va tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda, tasdiqlangan "yo‘l xarita"da belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘z vaqtida sifatli bajarish, resurslarni iqtisod qilish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni qisqartirish, energiya resurslari undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha amalda undiruvni jadallashtirish, energotejamkor uskunalarni afzalliklari bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini manzilli tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, Departament, IIB va O‘zenergoinspeksiya rahbarlariga yo‘qotishlar yuqori bo‘lgan hududlarni qizil toifaga ajratib, reyd tadbirlarni aniq tahliliy maʼlumotlar asosida o‘tkazib borish, ayniqsa yirik talon-torojliklar fosh etishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlari ustidan kunlik so‘rovni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/67356

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati