⚡️BO‘SH ISH O‘RINLARI:
«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali uchun:
▶️ Elektr energiyasi oqimlarini hisoblash bo'limiga muhandis lavozimi — 6 nafar.
❗️TALABLAR: Oliy texnik ma’lumotli, energetika sohasida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, elektr tarmoqlari va podstansiyalari orqali oqib o‘tgan elektr energiyasining texnologik sarflari hamda bino-inshootlar uchun xo‘jalik ehtiyoji va 35–500 kV kuchlanishli podstansiyalardagi o‘z ehtiyoji uchun sarflangan elektr energiyasi tahlilini qilib borish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi, shu bilan birga, o‘lchov asboblarining ulanish sxemalarini mukammal bilishi; Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim; Magistral elektr tarmoqlariga elektr energiyasining qabul qilinishi va uzatilishi bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish tajriba-ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Mazkur bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilingan muhandis asosan 35–110–220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalari orqali qabul qilingan va uzatilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilib, to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida.
❇️ MANZIL: Namangan viloyati, Namangan shahri, Qo‘qinboy shoh ko‘chasi, 6-uy.
☎️ Murojaat uchun: 69-226-01-39.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati