Avval xabar berganimizdek, qurilish kompaniyasi qazish ishlarini noto‘g‘ri olib borgani tufayli sodir bo‘lgan kabel uzilishi va Termiz shahrining ayrim hududlarini taʼminlovchi 110/6 kV kuchlanishli “TMZ” podstansiyasi taqsimlovchi qurilmalarida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida nosozlik kelib chiqqan edi.
⚡️ Kabel tarmog‘i va podstansiyadagi nosozlik oqibatlari bartaraf etilib, yong‘in tufayli nosoz holga kelgan uskuna va jihozlar yangisiga almashtirildi. 110/6 kV kuchlanishli “TMZ” podstansiyadagi taʼmirlash-sozlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, bugun, 2025-yil 23-iyun kuni soat 8:02 da tarmoqdan vaqtincha uzilgan isteʼmolchilarga kuchlanish berildi.
«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a‘zo bo‘ling! ⇒ http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot