2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: 220 kV kuchlanishli «Qoraqalpog‘iston» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 25.06.2025
  • 49

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli liniya va podstansiyalarda joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Shu jumladan, «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar tasdiqlangan rejaga asosan, taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda Filiali mutaxassislarining 220 kuchlanishli «Qoraqalpog‘iston» podstansiyasida o‘tkazgan nazorat ko‘rigi hamda joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.

Jumladan, podstansiya mutaxassislari yerlagichlarning qarshiligini me’yoriga keltirish ishlari olib borildi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️«QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot