E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan texnik xizmat va ta’mirlash jarayonlari aks ettirilgan.
Misol uchun, mutaxassislar Sho‘rchi tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli «Obodon» podstansiyasining 10 kV kuchlanishli taqsimlash qurilmasidagi elektr uskunalari va releli himoya tizimiga oid jihozlarni ta’mirlashmoqda. Shuningdek, podstansiyadagi boshqa uskuna va jihozlarning texnik-muhandislik ko‘rsatkichlarini doimiy nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlar bajarilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” AJ filiali
kanaliga obuna bo‘ling! ⇒ http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot