2017-yil 26-avgust sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining oʻn birinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun imzolangan. Unga koʻra 30-iyun sanasi “Yoshlar kuni” etib belgilangan.
Yoshlar siyosati davlat dasturlari yuzasidan qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinayotgani, iqtisodiyot tarmoqlari rivojida yoshlarning o‘rni nihoyatda muhim ekanini qayd etadi.
Joriy yilning 27-iyun kuni “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda yoshlar bilan ishlash komissiyasi hamkorligida filialimizda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan sportning mini futbol, voleybol, shaxmat hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati