2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Mehnat faxriylari
50 yosh muborak, Ulug‘bek Yandashovich!
  • 30.06.2025
  • 53

Hurmatli Berdiyev Ulug‘bek Yandashovich!

Sizni 50 yosh muborak yubileyingiz bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!

Uzoq yillar davomida siz fidokorona mehnat, mas’uliyat va sadoqat bilan jamoamiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Sizning hayotiy tajribangiz, professionalligingiz va insoniy fazilatlaringiz biz uchun doimo ibrat va ishonch manbai bo‘lib kelmoqda.

50 yosh — bu yutuqlar va tajribalar to‘plangan, hayotga teran nazar bilan qaraladigan, ezgu niyatlar va yangi marralar sari yo‘l ochiladigan davrdir. Sizga sihat-salomatlik, bardavom baxt, oilaviy farovonlik va yana ko‘plab yutuqlar tilaymiz.

Yubileyingiz siz uchun unutilmas va quvonchli kunlarga boy bo‘lsin! Kelayotgan yillar har doim sizga faqat ezgulik, baraka va ilhom olib kelsin!

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati