2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 220/110/10 kV kuchlanishli "Sardor" podstansiyasida obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda
  • 02.07.2025
  • 26

Milly qadriyatlarimizga ko‘ra, tozalik-ozodalik hamda ma’naviy poklik hayotga fayz va baraka olib kiradi.Tartibli va toza muhitda mehnat faoliyati yuborayotgan xodimlar diqqat-e’tiborini jamlab, ish unumdorligini 15–20 %ga oshirishi mumkin.

"O‘zbekiston MET" AJ "Namangan magistral elektr tarmoqlari" filialiga tarkibidagi 220/110/10 kV kuchlanishli "Sardor" podstansiyasi estetik holatini yaxshilash maqsadida ishchi-xodimlari tomonidan tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Obodonlashtirish ishlari davomida podstansiya hududi o‘t-o‘lanlardan tozalanib, yo‘lak chetlari ohak bilan oqartirildi.

Ish joyini toza saqlash ruhiy farovonlikni oshiradi

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

"NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo’ling! https://t.me/NamanganMET_Axborot