2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan 2025-yilning 2-iyul kuni “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda yoshlar bilan ishlash komissiyasi hamkorligida filialning “Qo‘yliq” podstansiyasida xodimlar bilan “Ulugʻdir Vatan timsoli” mavzusida ma’naviyat soati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.
Ma’naviyat soat o‘tkazishdan asosiy maqsad Davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat, Vatanga bo‘lgan sadoqatlilik tuyg‘usini barcha xodimlarning ongiga singdirishdir. Bu esa, yurt taqdiri uchun daxldorlik, vatanparvarlik, fidoyilik, Vatan uchun cheksiz faxr va iftixor tuyg‘ularni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati