2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
  • 31.07.2025
  • 26

“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialining Yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari xizmati xodimlari tomonidan 110 kV kuchlanishli L-X-5-25-110 kV havo tarmog’i ostigagi (muhofaza zonasi maydonida) daraxtlarning o‘sib ketgan shoxlarini qisqartirish ishlari olib borildi.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish bilan shug‘ullanadi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son «Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroridan :

2-bob, 15-band:  Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, shu jumladan … , shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:

a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;

b) ... elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni (materiallarni) joylashtirish;

v) … elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish;

g) ... ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish;

d) axlatxonalarni joylashtirish;

e) ... yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash va quyish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida) taqiqlanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali

 t.me/Navoiy MET_Axborot