2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
Diqqat e'lon!  “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialida nomzodlarni suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 01.08.2025
  • 16

▶️ Lavozim: Elektr energiyasi oqimlarini hisoblash bo‘limi muhandisi lavozimi, 4 nafar.

❗️ Elektr energiya oqimlarini hisoblash boʻlimiga muhandis lavozimiga talablar: 

♦ Oliy ma’lumotli (elektr energetika sohasida); 

♦ Elektr energiyasining texnologik sarflarini hisoblash metodlarini bilishi va hisoblash koʻnikmalarga ega boʻlishi;

♦ “Nazariy elektrotexnik”, “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” hamda “Elektr tizimlari va tarmoqlari” fan dasturlari boʻyicha nazariy bilimlarga ega boʻlishi;

♦ Microsoft Excel dasturida jadvallar bilan ishlash va uning funktsiyalaridan foydalanishni mukammal egallagan boʻlishi;

♦ O‘lchov asboblarining ulanish sxemalarini mukammal bilishi;

♦ Xo‘jalik ehtiyoji va podstansiyalarning o‘z ehtiyoji uchun sarflangan elektr energiyasi tahlilini qilib borish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;

♦ Magistral elektr tarmoqlariga elektr energiyasining qabul qilinishi va uzatilishi bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish tajriba-ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;

♦ Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim.

❇️ MANZIL: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sangzor mahallasi, Sharof Rashidov ko‘chasi 90-A uy.

☎️ Murojaat uchun: +998-72-224-56-43.

jizzax@uzbekistonmet.uz

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo‘ling ⇒  t.me/JizzaxMET_Axborot