♦ 45-sonli topshiriqnoma asosida 220/110/10kV kuchlanishli “Zafar” podstansiyasi hududida joylashgan yong‘in qalqonlarining texnik holati ko‘zdan kechirildi.
Ko‘rik davomida yong‘in xavfsizligi vositalari — o‘t o‘chirish moslamalari, belgilangan asbob-uskunalar to‘liqligi, joylashuvi hamda yaroqliligi tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarbartaraf etilmoqda.
✅ Ushbu ishlar favqulodda holatlarning oldini olish, xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash va yong‘in xavfsizligini kuchaytirish maqsadida olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot