2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli “Nurota” podstansiyasida ta’mirlash ishlari davom etmoqda
  • 05.08.2025
  • 16

“Nurota ” podstansiyasining 10 kVli yopiq taqsimlovchi qurilmasida joylashgan Nurbuloq-10 kV o’chirgich qurilmasida 105-sonli topshiriqnoma asosida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta’mir jarayonida elektr uskunalarining texnik holati sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda. Ta’mirlash-sozlash ishlari natijasida elektr tarmoqlarining xavfsiz va ishonchli ishlashi ta’minlanmoqda.

⚡️Barcha ishlar elektr xavfsizligi qoidalari hamda belgilangan texnik tartiblar asosida olib borilmoqda.

Maqsad — elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olish va energiya uzatish tizimini ishonchli saqlashdir.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali 

t.me/Navoiy MET_Axborot