Bugun, 2025-yil 7-avgust kuni soat 15:00 dan 17:30 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi:
1️⃣ Jahon banki loyihasini amalga oshirish guruhi Xaridlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimiga (homiladorlik va tug‘ruq ta‘tili davriga);
2️⃣ Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi buxgalteri (hisobchisi) lavozimiga;
3️⃣ “500 kV kuchlanishli Surxon–Puli-Xumri elektr uzatish tarmog‘i qurilishi” direksiyasi bosh buxgalteri (hisobchisi) lavozimiga*.
❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
❗️ Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati