2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi 35—110 kV kuchlanishli podstansiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda
  • 09.08.2025
  • 61

⚡️ "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2025 yil 1 iyun sanasidan Aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilingan (qabul qilish jarayonida bo‘lgan) podstansiyalar faoliyati bilan bevosita tanishish uchun xizmat safariga chiqdi.

Maʼlumot o‘rnida: Kecha, 2025 yil 8 avgust kuni Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Toshkent—Sirdaryo—Jizzax—Samarqand—Navoiy—Buxoro—Xorazm viloyatlari yo‘nalishidagi magistral avtoyo‘llar bilan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari kesishuvidagi elektr tarmoq xo‘jaliklarining muhofaza zonasi holatlarini ko‘zdan kechirib, mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati