⚡️ Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2025-yil 1-iyun sanasidan Aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilingan (qabul qilish jarayonida bo‘lgan) podstansiyalar faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Kunning birinchi yarmida "Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori va bosh muhandisi bilan hudud elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash, 2025/2026-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga oid muhandislik loyihasini muhokama qildi. Qo‘shimcha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
⚡️Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Sanoat” podstansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mazkur energetika obyektidagi transformatorlarning ishchi holati, kunduzgi va kechki yuklamasini o‘rgandi. Mutaxassislarga tegishli vazifalar yukladi.
Bundan tashqari, Dadajon Aynaqulovich podstansiyaning atrofi o‘ralganligi, o‘simlik qoldiqlari — xas-xashakdan tozalanib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilingani, yordamchi binoning holati, navbatchi xodimlarga yaratilgan mehnat sharoiti va zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlanganlik darajasini o‘rgandi.
Eslatib o‘tamiz, D.Isaqulov aholisi vakillari murojaati yuzasidan sayyor qabul ham o‘tkazdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati