2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: 110/35/10 kV kuchlanishli “Malikcho‘l” podstansiyasi ~ Navoiy viloyati
  • 10.08.2025
  • 73

⚡️ Avval xabar  berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2025-yil 1-iyun sanasidan Aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilingan (qabul qilish jarayonida bo‘lgan) podstansiyalar faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun, 2025-yil 10-avgust kuni "Navoiy magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari bilan hudud elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash, 2025/2026-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga oid joriy taʼmirlash rejasini ko‘rib chiqdi va masʼullarga qo‘shimcha topshiriq hamda ko‘rsatmalar berdi. 

⚡️Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Malikcho‘l” podstansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mazkur energetika obyektidagi transformatorlarning ishchi holati, kunduzgi va tungi yuklamasi, qurilmalarining sozligini ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislarga bir nechta vazifalar yuklandi.

Bundan tashqari, Dadajon Aynaqulovich podstansiyaning yong‘in va hayot xavfsizligi qoidalari talablari qay darajada ekanini o‘rgandi. 

Eslatib o‘tamiz, D.Isaqulov kecha aholi vakillari murojaati yuzasidan sayyor qabul ham o‘tkazgan edi. 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati