Bugun, 2025-yil 12-avgust kuni soat 11:00 da 220 kV kuchlanishli “Go‘zal” podstansiyasidagi elektr qurilmalarining himoya tizimi ishlab, favqulodda o‘chish sodir bo‘ldi.
☄️ Ayni paytda taʼmirlash-sozlash brigadasi o‘chish sabablarini aniqlab, nosozlikni bartaraf etishmoqda. Qisqa muddatda nosozlik bartaraf etilib, mazkur energetika obyekti orqali taʼminlangan tarmoqlarga kuchlanish beriladi.
⚡️ Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘raymiz.
Soat 11:30 da 220 kV kuchlanishli “Go‘zal” podstansiyasi elektr qurilmalaridagi nosozliklar bartaraf etilib, podstansiya orqali taʼminlangan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlariga kuchlanish berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati